OTA SO‘ZI O‘Q

      Ota - bu  so‘zni eshitganimizda kimningdir ko‘z oldiga suyanchiq, kimlar uchundir esa qattiqo‘l inson bo‘lib gavdalanadi. Ilgarilari otalarimizning biror bir so‘zi yoki hatti-harakati bilan hamma narsa o‘z o‘rniga tushib ketardi. Yana ham tushinarliroq qilib aytsak bitta yo‘ttali bilan sichqonning ini ming teshik bo‘lib ketardi.  Bola baribir ham bola-da, ora-orada sho‘xlik qilib yo‘q joydan ishkal chiqarib qo‘yishsa onalarimiz ham ortiqcha koyib o‘tirmasdi. ’’Dadang ishdan kelsin seni aytib beraman‘‘.  Bo‘ldi, farzand uchun bundan ortiq jazo yo‘qdek edi.

      Chamamda hozirgi bolalarning fe’l atvorida o‘zgarish bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarda ora-orada o‘g‘il otaga pichoq o‘qtaldi. O‘g‘il mast holatda otasini urdi talqinidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarni va millionlar yuragini ’’portlatib‘‘ kelmoqda. 
     

     Oddiy buyum, telefonning ota-onasi tomonidan olib berilmasligi uchun o‘z joniga qasd qilishi yoki uyidan ketib qolishi nodinlikda boshqa hech narsa emas. 

       So‘ngi aytar so‘zim shu-ki ota har qanday vaziyatda ham bolam deydi. O‘zi ichmay o‘g‘liga tutadi. O‘ziga emas eng saralarini o‘g‘liga ilinadi. Bir narsa deyishga esa insonning til boyligi yetmaydi. ’’Qamishni bo‘sh ushlasang qo‘lni kesadi‘‘ degan maqol xalqimizda bekorga aytilmagan.

Ulashish:

Admin

admin@admin.com

Post Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *